Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ochlikni tugatish mavzusidagi konferensiyaga Samarqand mezbonlik qiladi

Ochlikni tugatish mavzusidagi  konferensiyaga Samarqand mezbonlik qiladi

Joriy yilning 7-8 sentyabr kunlari qadimiy Samarqand Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiladi.

Konferensiyada dunyoning 32 ta mamlakatidan 2330 nafar xorijiy ekspert qatnashadi va global o‘zgarishlar, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning hozirgi holati bo‘yicha fikr almashadilar.  2030 yilgacha ochlikni tugatish, barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda aniq vazifalarni o‘z ichiga olgan «Ochliksiz hayot»ga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish tahlil qilinadi.

Shuningdek, anjuman yakunida zaminimiz istiqboliga qaratilgan investitsiyali loyihalar taqdimoti o‘rin olgan forum o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring