Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li yana ishdan ketdi

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li yana ishdan ketdi

Foto: «Azon.uz»

«Xo‘ja Alambardor» jome masjidi bosh imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li O‘zbekiston musulmonlar idorasining buyrug‘iga asosan 6-sentyabr kuni o‘z lavozimini tark etgan. Bu haqda «Azon.uz» xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Odilxon qori Yunusxon o‘g‘lining imom-xatiblikdan o‘z xohishi bilan, salomatliklarini tiklash maqsadida ketgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 20-iyul kunida ham Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom-xatibligidan salomatligi tufayli, o‘z xohishiga ko‘ra ozod etilgan edi.

«Xo‘ja Alambardor» jome masjidiga yangi bosh imom-xatib etib Mirsolihov Mirjalil domla tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring