O‘n besh sutkaga qamalgan Bobur G‘aniyev blogerlikni yakunlaganini e’lon qildi

Bloger Bobur G‘aniyev internetda videobayonot bilan chiqdi. Unda G‘aniyev biznes boshlaganini va blogerlikka vaqti bo‘lmasligini ta’kidlab o‘tgan.
«Azizlar, men bir biznes boshladim, shu sababli YouTube kanaliga vaqt ajratishga imkon bo‘lmaydi. Shuning uchun kanalimni Taftish.uz axborot agentligiga topshirmoqdaman. Yo‘l harakati qoidalariga doimo rioya qiling»,— deya fikrlarini yakunlagan bloger.
Eslatib o‘tamiz, Bobur G‘aniyev Uchtepa tumanida IIB xodimlarini «ment» deb haqorat qilgani va shaxsiy telefonida pornografik materiallar borligi uchun ushlangan va 15 sutkaga qamalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter