Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili 9 nafar mansabdor soliqchilar ishdan olingan – Soliq qo‘mitasi

O‘tgan yili 9 nafar mansabdor soliqchilar ishdan olingan – Soliq qo‘mitasi

2025-yilda zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 53 nafar mas’ul xodimlarga intizomiy choralar qo‘llanilgan.

Bu haqda Soliq qo‘mitasida markaziy apparat va hududiy soliq idoralari, tizim tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda davlat soliq xizmati organlarining 2025-yildagi faoliyati natijalari sarhisob qilinib, 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olingan.

Qayd etilishicha, hisobot davrida yuqoridagi sabablarga ko‘ra, 7 nafar hududiy soliq inspeksiya rahbarlari, 1 nafar soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda 1 nafar soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i vazifasidan ozod etilgan.

Hay’at yig‘ilishida, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari, hududiy boshqarma va tuman (shahar) rahbarlarining hisobotlari ham eshitildi.

Yig‘ilish so‘ngida, soliq tushumlari bo‘yicha joriy yilning 1-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlarini barcha soliq turlari bo‘yicha sifatli ravishda so‘zsiz ta’minlash, qonun hujjatlari asosida soliq ma’murchiligiga kiritilgan yangiliklarni soliq to‘lovchilarga o‘z vaqtida va sifatli yetkazilishini ta’minlash borasida ma’sullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring