Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston — Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston — Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

12-17-noyabr kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston — Qozog‘iston demarkatsiya qo‘shma komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumat delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Komissiya Mangistau viloyati bilan chegaradosh bo‘lgan Qoraqalpog‘iston tarkibidagi uchastkasi uchun davlatlararo chegarani belgilash bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni davom ettirdi.

Komissiya yig‘ilishi davomida Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi natijasida buzilgan chegara ustunlarini tiklash maqsadida Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyati bilan chegarasi bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasining Sirdaryo va Jizzax viloyatlari chegaralarida O‘zbekiston — Qozog‘iston davlat chegarasining ayrim uchastkalarida dala tekshiruvi o‘tkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring