Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qozog‘istonga qariyb 900 mln kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi

O‘zbekiston Qozog‘istonga qariyb 900 mln kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi

Cho‘lpon-Ota shahrida (Qirg‘iziston) bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika va suv xo‘jaligi boshqarmalarining uch tomonlama uchrashuvi yakunlarida mintaqadagi suv-energetika balansini tartibga soluvchi bir qator protokollar imzolandi.

Asosiy hujjat Qozog‘iston va O‘zbekistondan Qirg‘izistonga elektr energiyasi yetkazib berish evaziga To‘qto‘g‘ul suv omboridan suv chiqarishni ta’minlash bo‘yicha tomonlarning majburiyatlarini belgilaydi. Shuningdek, Qozog‘iston energetika tizimlari orqali Rossiyadan Qirg‘izistonga elektr energiyasi tranziti shartlari kelishib olindi. Ushbu chora-tadbirlar suv omborida zarur suv darajasini saqlab turish va kelgusi vegetatsiya davrida Qozog‘istonning janubiy viloyatlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlashga qaratilgan.

Tashrif davomida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazildi. O‘zbekiston tomoni bilan Qozog‘istonga 2026 yilning martidan dekabrigacha bo‘lgan davrda qariyb 900 million kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berish to‘g‘risida protokol imzolandi. Ushbu hajm Qozog‘istonning janubiy energetika zonasida elektr stansiyalarida ta’mirlash ishlari olib borilayotganda prognoz qilinayotgan tanqislikni qoplashga mo‘ljallangan.

«Suv-energetika sohasidagi ishlar maksimal aniqlik va grafiklarga qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Imzolangan protokollar aniq raqamlar, muddatlar va narxlar ko‘rsatilgan ishchi hujjatlardir», - dedi Qozog‘iston energetika vaziri Erlan Akkenjenov.

Shuningdek, u  tomonlarning o‘z majburiyatlarini bajarishi butun mintaqa uchun energiya tizimlari va suv ta’minoti barqarorligi uchun asos bo‘lishiga urg‘u bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring