Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda havo keskin sovishi mumkin

O‘zbekistonda havo keskin sovishi mumkin

Foto: Xabar.uz

9-11-noyabr kunlari janub viloyatlardan tashqari barcha hududlarda tunlari harorat nol darajadan pasayishi prognoz qilinmoqda.

«O‘zgidromet» 8-11-noyabr kunlari uchun ishlab chiqilgan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Aytilishicha, 9-11-noyabr tunlari shimolda -5 darajagacha, Ustyurt platosida -8 darajagacha, janub viloyatlarda nol darajagacha, boshqa viloyatlarda -3 darajagacha sovuq bo‘lishi prognoz qilingan.

Markazida atmosfera bosimi 1035 gPa gacha bo‘lgan antitsiklon markaziy qismining respublika hududlaridan o‘tishi haroratni sezilarli darajada pasayishiga olib keladi, deya yozadi mutaxassislar.

«O‘zgidromet» avval 6-8-noyabr kunlari sel toshqinlari yog‘ingarchiliklar bo‘yicha ma’lumot bergandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring