Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda qadimiy skelet 50 million dollarga sotildi

AQShda qadimiy skelet 50 million dollarga sotildi

AQShning Nyu-York shahridagi Sotheby’s auksionida «Gas» laqabli «Tyrannosaurus rex» skeleti 50 million dollarga sotildi. Bu uning dastlabki 20–30 million dollarlik bahosidan ancha yuqori.

Tirannozavr skeletining yoshi taxminan 67 million yil bo‘lib, u 2021-yil Janubiy Dakota shtatida topilgan. Qazish ishlari ikki yil davom etgan.

Qariyb 4 metr balandlikka ega ushbu skelet 183 ta suyakdan iborat bo‘lib, hozirgacha topilgan eng yirik va eng to‘liq tirannozavr qoldiqlaridan biri hisoblanadi.

Nodir topilmani telefon orqali qatnashgan noma’lum xaridor sotib olgan. Ayrim olimlar bunday eksponatlarning xususiy qo‘llarga o‘tishi ilmiy tadqiqotlar uchun imkoniyatlarni cheklashi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring