O‘zbekistonga bir oygacha muddatga kelgan xorijliklar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bojini to‘lamaydi
O‘zbekiston Respublikasiga 1 oygacha bo‘lgan muddatga vaqtincha yashash uchun kelgan xorijiy va MDHga a’zo davlatlar fuqarolari vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi. BU haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar qildi.
Shu bilan birga, ushbu fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududida kirib kelgan kunidan boshlab 3 sutka ichida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter