Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlov amalga oshirildi

Prezident Administratsiyasida yangi tayinlov amalga oshirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

PA rahbari o‘rinbosari bo‘linmasiga loyiha koordinatori tayinlandi

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Yuliya Vasilevna Risyukova Administratsiya rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari bo‘linmasining loyiha koordinatori lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi. 

Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Shahzodbek Karimovich Kurbaniyazov Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq Ilhom Siradjev Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring