Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident farmoniga ko‘ra 38 nafar ayol orden va medallar bilan taqdirlandi

Prezident farmoniga ko‘ra 38 nafar ayol orden va medallar bilan taqdirlandi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 7-martdagi «8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra bir guruh xotin-qizlar yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Hujjat O‘zAda e’lon qilindi.

Farmonga muvofiq jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning ko‘p asrlik boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan quyidagi ayollar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»

Qosimoxunova Anorxon Mamasodiqovna — Farg‘ona politexnika institutining «Elektr energetikasi» kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati;

Ma’rufova Gulnora Mahmudovna — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;

Shahobiddinova Shohida Hoshimovna — Andijon davlat universitetining «O‘zbek tilshunosligi» kafedrasi professori, Andijon viloyati;

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist»

Uteniyazova Altingul Paluanovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi «Qoraqalpog‘iston» telekanalining katta muharriri;

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Rahmatullayeva Shafoatxon — Qo‘qon shahar musiqali drama teatri aktyori, Farg‘ona viloyati;

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Bobomurodova Xosiyat — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira;

Boymurodova Jumaxol Norboyevna — Zarbdor tumanidagi «Tinchlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati;

Irisbekova Kommuna Norinboyevna — «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi;

Istamqulova Maxfiratxon Mamajanovna — Namangan viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi;

Qobulova Mavluda Umarjonovna — Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

Maxmudova Dilbar Pirimkulovna — Erkin ijodkor, yozuvchi va publitsist;

Otajanova Masuda Yuldashevna — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti;

Salimova Sharipa — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira;

Toxtayeva Guzal Kashibovna — O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari;

Tulegenova Akshagul Abuyevna — Konimex tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi, tuman qozoq milliy madaniy markazi raisi, Navoiy viloyati;

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Nodirxonova Natalya Sur’atovna — Buxoro viloyati perinatal markazi direktori;

Turdiyeva Matluba Halimovna — Samarqand shahridagi 2-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Samarqand viloyati;

«Do‘stlik» ordeni bilan

Abdullayeva Sanam Raimovna — «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati;

Abdurahimova Muhayyo Rahmatullayevna — Chimboy tumanidagi «Lanextrakt» qo‘shma korxonasining tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Jumayeva Mavjuda Shodmonovna — Koson tumanidagi «Ko‘zmunchog‘im» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Qashqadaryo viloyati;

Zunnunova Saxabat Islomovna — «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i;

Iplina Antonina Aleksandrovna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira;

Qodirxonova Malika Akbarovna — «Tadbirkor ayol» uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi raisi;

Kasimova Mukaddas Zaynutdinovna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi, Toshkent shahri;

Muhammadiyeva Xushvaqt — Paxtachi tumanidagi «Avangard» fermer xo‘jaligi pillachisi, Samarqand viloyati;

Sa’dullayeva Farog‘at Aminovna — Urganch shahridagi «Urganch milliy tikuvchilik» oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati;

Sattarova Farog‘at — «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i;

Safarova Zamira Haydarovna — G‘ijduvon tumanidagi «G‘ijduvon Mashhurasi» xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati;

Turdiqulova Shahloxon O‘tkirovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

Hotamova Rislig‘oy G‘ofurjonovna — Erkin ijodkor, shoira;

Yo‘ldosheva Muhabbat Aysaraxunovna — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Kapital bella» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati;

Yo‘lchiyeva Gulnora Dehqonovna — «Mahalla ziyosi» Respublika o‘quv-uslubiy markazi direktorining o‘rinbosari;

«Shuhrat» medali bilan

Azizova Maftuna Rahmatullo qizi — «Hunarmand» uyushmasining Boysun tumani bo‘limi a’zosi, gilamdo‘z, Surxondaryo viloyati;

Jalilova Mo‘’tabar Obidovna — Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun 2-internat uyi tarbiyachisi;

Jo‘raboyeva Sohiba Ergashevna — «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sexi sirlovchisi, Toshkent viloyati;

Kokotova Olga Nikolayevna — Guliston shahridagi «Quvonch» maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati;

Navro‘zova Lola Xushmurodovna — Qarshi shahridagi «Sanam» mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi, Qashqadaryo viloyati;

Rajabova Sara Durdiyevna — Hazorasp tumanidagi «Shovot» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring