Prezident ichki ishlar sohasida qilinadigan o‘zgarish haqida fikr bildirdi
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida selektor yig‘ilishi o‘tkazilayotgani haqida xabar berilgandi.
Davlat rahbari ichki ishlar sohasida qilinadigan o‘zgarishlar haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar bermoqda.
— Ichki ishlar faoliyatida katta o‘zgarishlar qilish rejalashtirilgan. Jinoyatchilikni kamaytirish va ichki ishlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqamiz. Afsuski hozirga qadar mavjud statistikani yashirish holatlari uchrab turibdi. Sohada o‘zgarish qilish shart.
Men ichki ishlar xodimlarining mehnatini qadrlayman. Ularning maoshini oshirish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz, — dedi Prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter