Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident keskin tanqid qilgan mahalla yangi tumanga qo‘shilishi kutilmoqda

Prezident keskin tanqid qilgan mahalla yangi tumanga qo‘shilishi kutilmoqda

Foto: «Uza.uz»

Namangan shahri tarkibida yana bir tuman — Yangi Namangan tumani tashkil etilishi kutilmoqda. Bu masala xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilindi, deb yozmoqda O‘zA.

Sessiyada xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 2021-yil 4-martdagi ayrim fuqarolar yig‘inlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Yangi Namangan tumaniga o‘tkazish haqida qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, viloyat hududida boshqaruvni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholi uchun ijtimoiy va maishiy qulayliklar yaratish, Namangan shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida yangi tuman tashkil etish taklifi kiritilmoqda.

Yangi tashkil etilayotgan tumanning umumiy yer maydoni 8 ming 223 gektarni tashkil etadi. Unga shahardagi 145 ming kishi istiqomat qilayotgan 24 ta mahalla hududini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ular qatorida Prezidentimizning joriy yil 18-19-fevral kunlari Namanganga tashrifi chog‘ida keskin tanqid qilingan «Bunyodkor» mahallasi ham bor.

Deputatlar Namangan shahri tarkibida yangi tumanni tashkil etish haqidagi qarorni ma’qulladi. Endi bu taklif ko‘rib chiqish uchun Oliy Majlisga yuboriladi. Parlament palatalari roziligi olinganidan so‘ng esa xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasi muhokamasiga kiritiladi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring