Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda ushlangan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha izoh berildi

Qozog‘istonda ushlangan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha izoh berildi

19-yanvar kuni Nur-Sulton shahri Yesil tumani migratsiya politsiyasi idorasida hujjatsiz ushlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, Yesil tumani migratsiya politsiyasi idorasiga borib, 18 nafar O‘zbekiston fuqarolar bilan uchrashildi. Fuqarolarning pasporti borligi ammo, vaqtinchalik ro‘yxatga turish muddati tugaganligi va ishlash uchun ruxsatnomasi yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.

Fuqarolarga Qozog‘iston qonunlarini buzmaslik, o‘rnatilgan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirish borasida huquqiy tushuncha berildi, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.

Shuningdek, fuqarolar Qozog‘istonga tanishlari orqali kelib, qurilishda ishlayotganini ma’lum qildi. Ularga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan pilot loyiha mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvda Yesil tumani migratsiya politsiyasi tomonidan birinchi marta Qozog‘istonga kelgan fuqarolarga ogohlantirish, ikki yoki ko‘p marta kelganlarga jarima yozildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring