Ravshan Mamatov lavozimidan ozod etildi
Ravshan Mamatov.
Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori Ravshan Mamatov ishdan olindi.
Prezidentining farmoni bilan Ravshan Mamadjanovich Mamatov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
27-yanvar kuni o‘tkazilgan majlisda Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi rahbari ogohlantirilgandi. U faoliyatida o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi aytilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter