Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal o‘z ko‘rsatuvlarini boshlaydi

Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal o‘z ko‘rsatuvlarini boshlaydi

Foto: «Inforos.ru»

«SPB TV» O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) bilan o‘zbek tilidagi kontentni MDH hududida tarqatish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Efirga uzatish mart oyidan boshlanadi. Bu haqda «SPB TV» matbuot xizmati «TASS»ga ma’lum qilgan.

«Imzolangan shartnomaga muvofiq, birinchi marta o‘zbek tilidagi kontent Rossiya va MDH mamlakatlaridagi televizion platformalarga rasmiy kirish huquqini qo‘lga kiritadi. Potensial ravishda barcha tarqatish zonalarida umumiy auditoriya kamida 2,5 million tomoshabinni tashkil qiladi.

«SPB TV» bosh direktori Kirill Filippovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari doimiy ravishda Rossiyada yashaydi. «Bizning MTRK bilan kelishuvimiz ko‘plab muammolarni hal qiladi. Ishonamanki, o‘zbek tilidagi sifatli va xilma-xil kontent talabga ega bo‘ladi va pul ishlash uchun yangi istiqbollarni ochib beradi», — dedi matbuot xizmati Filippovning so‘zlarini keltirib.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring