Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2026 yilda Samarqand viloyati rivoji uchun 5,2 trln so‘m yo‘naltiriladi

2026 yilda Samarqand viloyati rivoji uchun 5,2 trln so‘m yo‘naltiriladi

“Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, viloyat va tuman va shaharlari namunali va metodik hududga aylantirilib, ularda zarur infratuzilmaviy sharoitlar yaratiladi. Samarqand viloyati va tuman (shahar) hokimlarining tashabbuslari asosida shakllantirilgan Samarqand viloyatida drayver loyihalarni amalga oshirish uchun zarur infratuzilmaviy shartr-sharoitlarni yaratish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlandi.

Jumladan:

xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga ega hamda ichki xo‘jaliklararo 298 km avtomobil yo‘llari hamda 15 ta yo‘l o‘tkazgichni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;

14 ta tuman (shahar)da 1 ta podstansiyani ta’mirlash, 70 ta transformator punktini o‘rnatish, 137 kilometr elektr tarmoqlarini yangilash;

ichimlik suvi va oqova suv tizimini yaxshilash uchun 14 ta tumanda 90 ta suv inshooti, 242 kilometr suv tarmog‘ini qurish va ta’mirlash.

Samarqand viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishni zarur va barqaror infratuzilma bilan ta’minlash uchun 2026-yilda jami 5,2 trillion so‘m mablag‘lar, shu jumladan:

O‘zbekistonning 2026–2028 yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 1,9 trillion so‘m;

mahalla infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari uchun nazarda tutilgan 1,8 trillion so‘mga qo‘shimcha prezident topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan 250 milliard so‘m;

Samarqand viloyati mahalliy budjetiga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 100 million AQSh dollari ekvivalentidagi milliy valyutada foizsiz kredit mablag‘lari ajratiladi.

2026 yil 1 iyuldan Samarqandda qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlari to‘liq tuman (shahar) suv korxonalari ixtiyoriga o‘tkaziladi. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish maqsadida talabgorlarga paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun belgilangan tartibda har bir gektariga 12 million so‘mdan subsidiya beriladi.

2026 yil 1 yanvardan viloyatdagi qurilish, ta’mirlash va modernizatsiya qilish loyihalari qat’iy ravishda “yashil” tamoyillar va energiya samaradorligi bo‘yicha minimal talablar asosida amalga oshiriladi.

2026/2027-o‘quv yilidan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha fakultet tashkil etish choralari ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring