Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samolyotda yong‘in chiqsa, FVV qutqaruvchilari qanday yo‘l tutadi? (foto)

Samolyotda yong‘in chiqsa, FVV qutqaruvchilari qanday yo‘l tutadi? (foto)

Foto: Xabar.uz

Bugun, 9 iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Uzbekistan Airports AJ va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan maxsus taktik-o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nayotganida uning old shassisi ishdan chiqdi va natijada yong‘in boshlandi. Samolyot bortida 75 yo‘lovchi, ekipaj a’zosi va 10 kg. xavfli yuk bor edi.

Aeroport bo‘linmalari va Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati xodimlari favqulodda holatda harakatlanish tartibini mashq qilishdi. Avvaliga samolyot qo‘ndirilib, to‘xtatildi, so‘ng qulflanib qolgan eshik maxsus anjomlar yordamida ochildi.

Ichkaridan yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari tushib kelishdi. Ularga dastlab birinchi va tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Og‘ir ahvoldagilar tibbiy zambilda olib ketildi.

Ayni paytda respublika bo‘ylab aynan shunday favqulodda holatlarga tayyorgarlik darajasini tekshirish, sinovdan o‘tkazish maqsadida turli maxsus mashqlar bo‘lib o‘tmoqda.

Jarayonlarni fotoreportajimizda ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring