Bugun ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi — «O‘zgidromet»
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 12-17° iliq, shimolda 5-10° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-16° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter