Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda bugun havo harorati 22 darajagacha chiqadi

O‘zbekistonda bugun havo harorati 22 darajagacha chiqadi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kechga tomon Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 14-19° iliq, ba’zi joylarda 22° iliqqacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 19-21° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring