Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Serbiya dinari, turk lirasi: O‘zbekiston bo‘ylab valyutafurushlar ushlandi

Serbiya dinari, turk lirasi: O‘zbekiston bo‘ylab valyutafurushlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan O.X. fuqaro K.Sh.ga 4 000 AQSh dollarini 48,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 138 AQSh dollari, 16 030 Rossiya rubli, 19,8 so‘m, 100 Serbiya dinari, 5 Turkiya lirasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Chortoq tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.Q. (muqaddam sudlangan) 4 000 AQSh dollarini 48,4 mln so‘mga fuqaro U.Yu.ga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Sh. fuqaro K.O.ga 4 000 AQSh dollarini 48 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bekobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.B. va boshqalar fuqaro G.O.ga 38 460 tojik somonini 50 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring