Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serbiyada qiyin ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

Serbiyada qiyin ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

Serbiyadagi Elchixona konsulligiga qashqadaryolik hamyurtlar Vatanga qaytishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Vatandoshlar O‘zbekistonga aviachipta sotib olish uchun moliyaviy mablag‘i yo‘qligini ma’lum qilgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan holatga serb ish beruvchisi ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirmagani va ular bilan mehnat shartnomasi tuzmagani sabab bo‘lgan.

Oqibatda vatandoshlar ish haqini ololmay, uch oy ishlagandan so‘ng moddiy qiyin ahvolga tushib qolgan. Ular Vatanga qaytish uchun moliyaviy imkoniyati yo‘qligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda, Elchixona konsullik bo‘limi O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash va yordam jamg‘armasi bilan fuqarolarga aviachipta xarid qilish bo‘yicha fikr almashgan.

Kelishuv natijalariga ko‘ra, hamyurtlarga O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar bepul asosda sotib olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring