Vuchich yaqin kunlarda prezidentlikdan ketishini aytdi
Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich yaqin haftalar ichida davlat rahbari lavozimini tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda u Belgradda o‘z tarafdorlari ishtirokidagi mitingda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
«Men prezidentlik lavozimini hech qachon tark etmaydi, deb aytishardi. Ammo prezident sifatidagi so‘nggi kunlarim va haftalarim qoldi. Yana bir necha hafta prezident bo‘lib turaman, shundan keyin iste’foga chiqaman», — dedi Vuchich.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u bo‘lajak parlament saylovlarida ishtirok etish niyatida. Shu bilan birga, mamlakatda muddatidan avval prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan, ammo ularning aniq sanasi hozircha e’lon qilinmagan.
Vuchichning vakolat muddati 2027-yilda yakunlanishi kerak edi. Uning iste’fosi haqidagi qaror so‘nggi bir yarim yil davomida korrupsiyaga qarshi ommaviy namoyishlar kuchaygan bir paytda yangradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter