Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida yana badbo‘y hid tarqalmoqda

Sergelida yana badbo‘y hid tarqalmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumani «O‘zgarish» mahallasida istiqomat qiluvchi aholi yana yoqimsiz hiddan aziyat chekishmoqda.

Nafaqat ushbu mahallada, Sergeli va Toshkentning boshqa hududlarigayayam muntazam yoqimsiz, badbo‘y hid tarqalmoqda, kechalari esa u yanada kuchayadi.

Eslatib o‘tamiz, shu hududda «Salar» to‘yintirish inshooti joylashgan.

O‘tgan yillarda ham ushbu muammo ko‘tarilgandi.

O‘shanda mutaxassislar yoqimsiz hid taralishining asosiy sababi «Salar» to‘yintirish inshooti hamda Bo‘zsuv kanaliga turli korxona va tashkilotlar tomonidan oqava suvlar va chiqindilar oqizilishi deyishgandi.

Toshkent shahar hokimligi bu haqda videolavha tayyorlagandi.

Vaziyatga Senat aralashib, Sergelidagi badbo‘y hid muammosi hal bo‘lishi va’da qilingandi.

Badbo‘y hidning kelib chiqish omillari bo‘yicha Davlat ekologiya qo‘mitasi bosh mutaxassisi o‘rganish natijalarini e’lon qilib, bunga asosan oqova suv tozalash inshootlari samaradorligining juda pastligi hamda tozalash qurilmalarining ma’nan eskirganligi bilan bog‘liq, degan xulosa beradi.

Hatto Sergelidagi badbo‘y hid ortidan 22 nafar mas’ulga ma’muriy ish qo‘zg‘atiladi.

Vaziyat hukumat darajasigacha ko‘tarilib, Toshkentdagi «Salar» oqova suv tozalash inshooti faoliyatini o‘rganish uchun bosh vazir o‘rinbosari B.Musayev (o‘sha vaqtda– tahr.) boshchiligida Hukumat komissiyasi tashkil etiladi. Komissiya bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish olib borish topshiriladi. 

Buning natijasida o‘tgan yili kuchli hid taralishi ma’lum darajada bartaraf qilingandi. Ammo oradan bir yil o‘tib, yana muammo jiddiy tus olmoqda. Sergelida taralayotgan badbo‘y hid yana kuchayib bormoqda.

Hukumat komissiyasi nega o‘tgan yili muammoning to‘liq bartaraf etilishini ta’minlamagan? Senat nega o‘z va’dasini bajarmagan? Bunisi bizga hozircha qorong‘u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring