Sovuq ob-havo yaqinlashib kelmoqda — O‘zgidromet
«O‘zgidromet» O‘zbekiston hududiga sovuq antitsiklon kirib kelayotganidan ogohlantirdi.
Mamlakat hududiga sovuq antitsiklon kirib kelmoqda. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich bo‘ladi va antitsiklon kirib kelish davrida atmosferada havo almashinuvi zaiflashadi.
Natijada, atmosfera havosida ifloslovchi moddalar va mayda zarrachalarning (PM2,5/PM10) to‘planishi kuzatilishi mumkin, bu esa havo ifloslanishi ko‘rsatkichlarining oshishiga olib keladi. Bu jarayon 3 kun davomida saqlanib turadi.
So‘ng antitsiklonning ta’siri kuchayib boradi va 16–17 yanvar kunlariga kelib respublika bo‘ylab deyarli barcha hududlarda havo harorati pasayadi. Kunduzgi haroratlar ham pasayib, tungi va ertalabki soatlarda sovuq kuchayadi.
Shu bilan birga, antitsiklon natijasida yog‘ingarchilik bo‘lishi ham prognoz qilinmoqda. Ayrim hududlarda yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar qayd etiladi.
Yog‘ingarchiliklar va shamol natijasida atmosferada to‘planib qolgan mayda zarrachalar yuvilishi hamda atmosfera havosi sifati yaxshilanishiga bir oz muddat sababchi bo‘lishi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter