Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Spirtli ichimliklar rakni keltirib chiqaradi — shifokor

Spirtli ichimliklar rakni keltirib chiqaradi — shifokor

Spirtli ichimliklarni tez-tez iste’mol qilish, ular tarkibidagi kanserogenlar tufayli saraton rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda onkolog-terapevt Marina Shorina ma’lum qildi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ko‘plab oziq-ovqat va ichimliklar kanserogenlarni o‘z ichiga oladi - bu hujayralar DNKsidagi o‘zgarishlarni qo‘zg‘atadigan xavfli moddalar. Shuningdek, ular saraton kasalligiga aylanish xavfini oshiradi.

«Kanserogenlar, birinchi navbatda, alkogolli ichimliklar va ular tarkibidagi etanoldir. Spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, jigar, yo‘g‘on ichak, to‘g‘ri ichak va sut bezlari saratoni rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin», — deydi Shorina.

Onkolog trans yog‘lar ham organizm uchun xavfli ekanligini ta’kidladi. Ular margarinda, uning asosida tayyorlangan mahsulotlarda va yarim tayyor mahsulotlarda mavjud. Bundan tashqari, yog‘ kislotalari go‘sht, baliq va sabzavotlar chuqur qovurilganda paydo bo‘ladi. Saraton kasalligidan tashqari, trans yog‘lari diabet va yurak-qon tomir patologiyalarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Qizil va qayta ishlangan go‘shtlar ham keng tarqalgan kanserogenlar hisoblanadi. 

Pestitsidlar, og‘ir metallar yoki boshqa zararli moddalar bilan ifloslangan ovqatlar ham saraton rivojlanish xavfini oshiradi. Marina Shorinaning so‘zlariga ko‘ra, saraton xavfini kamaytirish uchun go‘sht va shirinliklardan voz kechish shart emas. Tananing ehtiyojlarini qondiradigan muvozanatli ovqatlanish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring