JSST xavotirli statistikani e’lon qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) xavotirli statistikani e’lon qildi — Yevropada zo‘ravonlik yoki jarohatlar oqibatidagi har uchinchi o‘lim spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga borib taqalmoqda.
Xabarga ko‘ra, mintaqada spirtli ichimliklarni iste’mol qilish har yili 800 mingga yaqin odamning o‘limiga olib keladi.
«Alkogol — zaharli modda, u nafaqat yetti turdagi saraton va boshqa yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni keltirib chiqaradi, balki mulohaza qilish va o‘zini nazorat qilish qobiliyatini pasaytiradi, xatarli xatti-harakatlarga zamin yaratadi», — dedi JSST/Yevropa alkogol, giyohvand moddalar va mahbuslar salomatligi bo‘yicha mintaqaviy maslahatchisi Karina Ferreyra-Borxesh.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter