Surxondaryoda sifatsiz dazmollar sotilmoqda: inspeksiya ma’lumoti
Surxondaryoda Xitoyda ishlab chiqarilgan MEGA brendli dazmollar sifatsiz ekani aniqlandi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi tomonidan savdo shoxobchalarida bozor nazorati tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat davomida realizatsiya qilinayotgan dazmol mahsulotlaridan namunalar olinib, ularning xavfsizlik ko‘rsatkichlari hamda amaldagi standartlar talablariga muvofiqligi laboratoriya sinovlari orqali o‘rganildi.
O‘rganishlar doirasida MEGA brendi ostida sotuvga qo‘yilgan dazmollardan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari o‘tkazildi.
Sinov natijalariga ko‘ra, Xitoydan import qilingan mazkur mahsulot amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi. Xususan, mahsulot tegishli davlatlararo standartning bir necha bandlari talablariga nomuvofiq ekani tasdiqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan savdo shoxobchalariga ogohlantirish xatlari yuborildi hamda mazkur mahsulotlarni savdodan chiqarish va ularning realizatsiyasini to‘xtatish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Sifatsiz mahsulotlar ro‘yxati bilan orqali tanishishingiz mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter