Surxondaryodagi tenderlarda 6 059 ta qoidabuzarlik aniqlangan
Surxondaryo viloyatida 2024–2026-yillar davomida ötkazilgan tender savdolarida raqobat töğrisidagi qonunçilik talablari buzilişiga oid 6 059 ta holat aniqlangan. Raqobat qömitasining viloyat hududiy boşqarmasi tanlov savdolarining qonunçilik talablariga muvofiqligini örganmoqda.
Qayd etilişiça, joriy yilning ötgan davrida boşlanğiç qiymati 80,6 milliard söm bölgan 821 ta tanlov savdosida raqobat qonunçiligi talablari buzilgani aniqlangan.
Örganişlar davomida ayrim savdolarda «Raqobat töğrisida»gi Qonun talablari buzilişi alomatlari, jumladan, raqobatni çeklovçi talablar belgilaş, affillanganlik va iştirokçilar takliflarini notöğri baholaş holatlari aniqlangan.
Xususan, Uzun tuman tibbiyot birlaşmasining 1,3 milliard sömdan ortiq, «Sariosiyo tuman tibbiyot birlaşmasi»ning 1,3 milliard sömdan ortiq hamda «Baxşiçilik sanʼatiga ixtisoslaştirilgan respublika maktab-internati»ning 725 million sömlik tanlovlarida qonunbuziliş holatlari qayd etilgan.
Şuningdek, sönggi uç yil davomida ötkazilgan örganişlar natijasida 172 nafarga yaqin mansabdor şaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, tegişli tartibda sud organlariga yuborilgan.
Raqobat qömitasi davlat xaridlarida qonuniylik, şaffoflik va barça iştirokçilar uçun teng raqobat şaroitlarini taʼminlaş ustuvor vazifalaridan biri ekanini taʼkidlagan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter