27 ta konsert reklamasi böyiça ogohlantiriş berildi
Raqobat qömitasi Instagram va taşqi reklama obyektlarida joylaştirilgan 27 ta konsert reklamasida fonogramma yoki jonli ijro haqida axborot berilmaganini aniqladi. Reklama beruvçilarga qonunçilik talablariga rioya etiş böyiça ogohlantiriş yuborildi.
Örganişda Lolita, Ani Lorak, Mayot, Nikolay Fomenko, Izzat Şukurov, «Ummon» guruhi, Rayhon Ğaniyeva va Ğaybulla Tursunov konsertlarining Instagram’dagi reklamalarida ijro şakli körsatilmagani qayd etilgan.
Şuningdek, Toxi$, «Maşina vremeni» va Otar Kuşanaşvili iştirokidagi dasturlarning taşqi reklamalarida ham bu haqda maʼlumot berilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 207-son qaroriga muvofiq, reklamada ijro şakli «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» deb aniq körsatilişi lozim.
«Reklama töğrisida»gi Qonunning 44-moddasiga köra, fonogrammadan foydalanilganda, reklamada uning qay darajada işlatilişi haqida axborot berilişi şart. Taşqi reklamalarda bu maʼlumot reklama maydonining kamida 10 foizini egallaşi kerak. Taşkilotçilar tomoşa boşlanişidan oldin fonogrammadan foydalaniş haqida audioxabar berişni ham taʼminlaşi şart.
«Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, konsert-tomoşa tadbirlarida fonogrammadan foydalaniş haqida axborot körsatilişi şart.
Raqobat qömitasi konsert taşkilotçilari va reklama beruvçilarni reklamalarda ijro şaklini aniq körsatişga hamda qonunçilik talablariga qatʼiy rioya etişga çaqirdi. Qömita monitoring davomida bunday talablar buzilgani aniqlansa, qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli taʼsir çoralari qöllanilişini maʼlum qildi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter