Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tanzila Norboyeva Natalya German bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Tanzila Norboyeva Natalya German bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Foto:«Senat.uz»

15-iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbayeva BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari N. German bilan uchrashdi.

Tomonlar MOPDMM va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mamlakatimiz BMT rezolyusiyalari va qarorlarini amaliyotga tatbiq etish, bu borada hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston BMT faoliyati doirasida mamlakatimizning milliy manfaatlarini ifoda etuvchi bir qator muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surayotgani qayd etildi. Ular boshqa a’zo davlatlarning pozitsiyalariga mos keladi.

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan yangilanishlar to‘g‘risida axborot berildi. Bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga barham berish, xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish shular jumlasidandir

N.German amalga oshirilayotgan tashqi siyosat bo‘yicha islohotlarni yuqori baholadi. Islohotlar natijasida Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilikning yangi siyosiy muhiti yaratildi.

Tomonlar tizimli muloqotni davom ettirishga va hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

15-iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbayeva BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari N. German bilan uchrashdi.

Tomonlar MOPDMM va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

Mamlakatimiz BMT rezolyusiyalari va qarorlarini amaliyotga tatbiq etish, bu borada hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotgani ta’kidlandi.

O‘zbekiston BMT faoliyati doirasida mamlakatimizning milliy manfaatlarini ifoda etuvchi bir qator muhim va dolzarb tashabbuslarni ilgari surayotgani qayd etildi. Ular boshqa a’zo davlatlarning pozitsiyalariga mos keladi.

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan yangilanishlar to‘g‘risida axborot berildi. Bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga barham berish, xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish shular jumlasidandir.

N.German amalga oshirilayotgan tashqi siyosat bo‘yicha islohotlarni yuqori baholadi. Islohotlar natijasida Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilikning yangi siyosiy muhiti yaratildi.

Tomonlar tizimli muloqotni davom ettirishga va hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring