Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tez tibbiy yordam markazi bo‘lim mudiri pora bilan ushlandi

Tez tibbiy yordam markazi bo‘lim mudiri pora bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Buxoro viloyatida tibbiyot muassasasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filialida bo‘lim mudiri vazifasida ishlovchi N.B. (hozirda sobiq) fuqaro M.Sh.ni Buxoro shahridagi tibbiyot muassasalaridan biriga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 1 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring