Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tezyurar poyezdlar qatnovi uchun 500 km uzunlikdagi temir yo‘l loyihalari boshlanadi

Tezyurar poyezdlar qatnovi uchun 500 km uzunlikdagi temir yo‘l loyihalari boshlanadi

Joriy yilda shaharlarni tezyurar poyezdlar qatnovi bilan bog‘lash uchun 500 km temir yo‘l qurish ishlari boshlanadi.

Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni loyihasida gap boradi.

Hujjatga muvofiq, bunda:

  • Baytqo‘rg‘on–Parkent yo‘nalishida uzunligi 24 km bo‘lgan elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini qurishni yakunlash;
  • Navoiy–Buxoro yo‘nalishida uzunligi 92 km bo‘lgan yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyasini foydalanishga topshirish;
  • Xovos-Dashtobod yo‘nalishida temir yo‘l liniyasini qurishni boshlash;
  • Bo‘ka, Piskent, Bekobod, Boyovut tumanlari hamda Nurafshon shahrini poytaxt bilan bog‘lovchi uzunligi 110 km bo‘lgan temir yo‘l tarmog‘ini qurish kabi loyihalar nazarda tutilmoqda.

Qayd etilishicha, yangi yo‘nalishlarning yo‘lga qo‘yilishi ortidan yo‘lovchilar soni 12 mln nafarga yetkaziladi. Yo‘lovchi poyezdlar harakat vaqti hamda yuklarni yetkazib berish muddatlari qisqaradi. Iqtisodiyot tarmoqlari uchun qulay va arzon logistika xizmatlari tashkil etiladi.

Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Navoiy temir yo‘l vokzallarni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sheriklarga berilishi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring