Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yil boshidan beri avtobuslardagi qariyb 80 ming chiptasiz yo‘lovchiga jarima solindi

Toshkentda yil boshidan beri avtobuslardagi qariyb 80 ming chiptasiz yo‘lovchiga jarima solindi

Foto: Transport vazirligi

2026-yil boshidan buyon Toshkent shahrida avtobuslarda chiptasiz harakatlangan yo‘lovchilarga nisbatan 79 ming 618 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, jamoat transporti tizimining barqaror ishlashi bevosita yo‘lkira tushumlariga bog‘liq. Har bir yo‘lovchining belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yo‘l haqini to‘lashi avtobuslar qatnovining muntazamligi, xizmat sifati hamda yo‘lovchilar uchun qulaylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu maqsadda «Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish» davlat muassasasi nazoratchilari tomonidan avtobuslarda to‘lov madaniyatini oshirishga qaratilgan reyd tadbirlari muntazam o‘tkazilmoqda. Aniqlangan qoidabuzarlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilgan.

Ma’lum qilinishicha, chiptasiz harakatlangan har bir yo‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga muvofiq ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Har bir huquqbuzar uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismi, ya’ni 41 ming 200 so‘mni tashkil etgan.

2026-yilning o‘tgan davri mobaynida ushbu huquqbuzarlik uchun yo‘lovchilardan undirilgan jarimalarning umumiy miqdori qariyb 2 mlrd so‘mga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring