Toshkent viloyatidagi uylardan qimmatbaho metall va narkotiklar topildi
Jinoyatchilikka qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida kriminogen vaziyatni sog‘lomlashtirish hamda qimmatbaho metallar noqonuniy savdosiga aloqador jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida Ohangaron tumani, Angren va Olmaliq shaharlarida tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirildi.
Natijada, 9 nafar fuqaroning yashash xonadonlaridan jami 17,5 tonna tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan qum va toshlar, ularga ishlov berishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, 135 g oltin, 25 g marixuana giyohvandlik vositasi, 1 dona ov quroli va 42 dona o‘q-dori protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda ashyoviy dalillar ekspertizaga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter