To‘ydagi janjal: bir kishi halok bo‘ldi, aybdor 8 yilga qamaldi
Joriy yilning 7-fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilgan A.S.ga (erkak kishi) oid jinoyat ishi yuzasidan hukm o‘qildi.
A.S. 2018-yil 11-sentyabr kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro I.M. (erkak kishi) uyida bo‘layotgan to‘y arafasidagi marosimda qatnashayotgan bo‘lgan. U yerga I.M.ning qo‘shnisi S.D. (erkak kishi) mast bo‘lgani holda marosimdagi fuqarolarning tinchligini buzayotganini ko‘rgan.
Natijada ikkalasi janjallashgan, janjal vaqtida S.D.ning qorniga musht bilan urib, unga qasddan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Natijada S.D.ning ahvoli og‘irlashib, 2018-yil 13-sentyabr kuni Qo‘rg‘ontepa tuman markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Sud sudlanuvchi A.S.ga JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgiladi.
Shuningdek, A.S.dan jabrlanuvchi S.N.ga (ayol kishi) 2 000 000 so‘m moddiy zarar hamda 10 000 000 so‘m ma’naviy zararlar undirilishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter