Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

UzWaterAware loyihasining yakuniy natijalariga bag‘ishlangan tadbir yakunlandi

UzWaterAware loyihasining yakuniy natijalariga bag‘ishlangan tadbir yakunlandi

Suvni tejash, taqsimoti va ichimlik suvini tozaligini saqlash umumbashariy, umumjahoniy muammo. UzWaterAware loyihasi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikdagi hamkorlik tadbirlari katta ahamiyat kasb etayotgani rost. TIQXMMI hududida innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar klasterining yaratilishi shu yo‘lda tashlangan muhim qadam bo‘ldi. Institutning iqtidorli talabalari bilan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markaz hamkorligidagi Innovatsiya klasteridagi uchrashuvlar, Akvaponika bo‘yicha ma’ruza mashg‘uloti samarali harakatning natijador barakati bo‘lgani rost.

TIQXMMI tomonidan tashkil etilgan 22 mart – Suv kunida MOMEMning talabalarni taqdirlash marosimida ishtiroki, Suv tejovchi texnologiyalar mavzusidagi talabalar uchun ajratilgan uchta mini loyiha bo‘yicha tanlovda baholash jarayonida TIQXMMI professor-o‘qituvchilari ishtirok etishi, institutga biriktirilgan bir nechta maktablarda bolalar uchun ta’sis etilgan «Rodnichok»/«Bulokcha» jurnalini tarqatishdagi ko‘maklashuvi, yozgi maktablar, laboratoriyaning tashkil etilishi va ishlab chiqarish mutaxassislari malakasining oshirilishi hamkorlikning samarali hosilasidir.

UzWaterAware loyihasi doirasida suv tejaydigan ekomarafonlarga tayyorgarlik jarayonida daraxtlarni ekishda suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha TIQXMMI mutaxassislaridan maslahatlari asqotgani aniq. Daraxtlarni ekishda «Gidrogel» texnologiyasidan foydalanish taklifi alohida e’tiborga molik. Bu UzWaterAware loyihasini rivojlantirishda yangi bosqichga aylandi, ushbu texnologiya hududlarda ekomarafon qatnashchilari tomonidan qiziqish bilan qabul qilindi, ular orasida fermerlar, shahar obodonlashtirish xizmati mutaxassislari, hokimliklar, mahalla qo‘mitalari vakillari va boshqalarning borligi ham quvonarlidir.

2019 yilda BMT Taraqqiyot dasturining «O‘zbekistonni qishloq hududlarida suv resurslarning barqaror boshqarish» dasturi doirasi «22 mart – Butun jahon suv kuni»ga bag‘ishlab tashkil etilgan Respublika OTM yoshlari uchun tanlov g‘oliblariga UzWater Aware loyihasi tomonidan 2ta noutbuk iqtidorli talabalarga taqdim etilgani ularni kelajakda yutuqlarga yanada ilhomlantirdi.

Toshkentdagi Hilton mehmonxonasining konferensiyalar zalida 28, 30 oktyabr kunlari tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi tomonidan Yevropa Ittifoqi ko‘magi ostida amalga oshirilgan «O‘zbekistonda suv va ekologiyani barqaror rivojlantirish bo‘yicha xabardorlikni oshirish va hamkorlik» deb nomlangan UzWaterAware loyihasining yakuniy natijalariga bag‘ishlangan tadbir nihoyasiga yetdi.

Rahimboy Jumaniyozov,
TIQXMMI matbuot xizmati rahbari

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring