Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Vengriya rektorlari forumi tashkil etildi

O‘zbekiston va Vengriya rektorlari forumi tashkil etildi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida 21 iyun kuni O‘zbekiston-Vengriya oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi o‘z ishini boshladi.

Vengriya tomonidan forumda davlat kotibi, rektorlar konferensiyasi raisi, 21ta OTM rahbarlari, O‘zbekiston tomonidan esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Respublika Oliy ta’lim Kengashi raisi, respublika doirasidagi 50 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etdilar.

Forum avvalida Respublika Oliy ta’lim kengashi raisi, TIQXMMI rektori O‘ktam Umurzaqov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov, Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligining Vengriya diplomatiya akademiyasi va «Stipendium Hungaricum» ta’lim dasturi masalalari bo‘yicha davlat kotibi Orsoyo Patsai-Tomashichlar o‘zlarining qutlov so‘zlarini bildirishdi.

So‘ngra yalpi majlis ma’ruzalari boshlandi.

Ushbu forumning ahamiyatli jihati shundaki, hamkorlik tor sohada emas, balki keng qamrovliligi bilan xarakterlandi. Ular  bilan kimyoviy texnologiyalar, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyalari, biotexnologiya, sug‘orish va suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmatsevtika sohalarida hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish masalalari bo‘yicha mutaxassislarning mulohazalari, qizg‘in bahs bilan kechgan savol-javoblari o‘zining ijobiy samarasini berishiga  ishonch bildirildi. Buning zamirida  Vengriya va O‘zbekistonning 16 ta OTMlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumlari imzolandi.

Forum kunning ikkinchi yarmida forum qatnashchilari to‘rtta sho‘’bada quyidagi muhim masalalarni muhokama qildilar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdilar.

Oliy ta’limda kredit-modul tizimi, afzallik va murakkabliklar nimalardan iboratligi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning samarali tizimini yaratish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining imkoniyatlari, talabalar  almashinuvi, stajirovkasi, grantlar ajratish va xalqaro hamkorlikning boshqa jihatlari bo‘yicha Toshkentdagi Forumning Rezolyusiyasi qabul qilindi.

Tizimli hamda manzilli reja, maqsad va hamkorlikdagi harakat albatta o‘z natijasini berishi aniq. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring