Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Vaqf» fondi yana bir bor raddiya berdi

«Vaqf» fondi yana bir bor raddiya berdi

20-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Vaqf» fondi faoliyati haqida yana asossiz xabarlar tarqaldi. Bu safar ham fondga kelib tushayotgan mablag‘lar maqsadsiz sarflanayotgani, shaffoflik yo‘qligi aytilgandi. Fond bugun ushbu holatga raddiya berib chiqdi.

Bu «Vaqf» fondining birinchi raddiyasi emas. Shu yil aprel oyida fond raisi o‘ziga «Malibu-2» xizmat mashinasini sotib olgani haqida xabar tarqalgandi. Tabiiyki, bu xabar ham rad etilgan va mashina nufuzli mehmonlar uchun xizmat qilishi aytilgandi.

May oyida esa vaqf mulki sifatida ajratilgan xonadonda fond rahbarining o‘zi yashayotgani, shuningdek, uyi yongan fuqarolarga «Vaqf» fondi tomonidan ko‘rsatilgan muruvvat bilan bog‘liq boshqa holatni ham tilga olgandi. Fond bu xabarni ham rad etgan.

Kecha esa «Vaqf»ga tushayotgan mablag‘lar haqida ochiq ma’lumotlar yo‘qligi haqida tarqalgan xabarlarga «Vaqf» fondi yana raddiya berdi va 9 oy davomida bajarilgan eng asosiy xayriya ishlarini bayon qildi.

Fond tarqatgan xabarga ko‘ra:

  • 1593 nafar kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalarga 1 milliard 841 million 587 ming so‘mlik moddiy yordam hamda 80 million so‘mlik 40 dona nogironlik aravachalari tarqatildi.
  • Yordamga muhtoj 3 fuqaroning uylari 8 923 000 so‘mlik fond mablag‘lari va homiylarni jalb etgan holda qayta ta’mirlandi.
  • «Vaqf» fondi tomonidan shu yil yanvar oyidan boshlab joylardagi 770 ta olis hududda joylashgan va kam daromadli masjidlar imom-xatiblariga oylik maoshlari uchun har oy 370 million so‘m miqdorda mablag‘ ajratilmoqda.
  • Toshkent islom institutida yangi tashkil etilgan «Modul» ta’lim tizimida 60 o‘ringa mo‘ljallangan dars xonalar, o‘quv predmetlari, ta’lim dastgohlari, oshxona va yotoqxona uchun 190 million so‘m mablag‘ sarflandi.
  • Shu yil fevral oyida Surxondaryo viloyatidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan 8 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Bu ishlarga jami 70 000 000 so‘m sarflandi.
  • Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga Ramazon oyida 157 million so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
  • Ramazon oyida 2 milliard so‘m zakot va xayriya mablag‘lari haqdorlarga yetkazildi.
  • «Qurbonlik – 2019» xayriya tadbirlari doirasida 70 ga yaqin yirik va 260 ga yaqin kichik qoramol qurbonlik qilindi. Yigirma mingga yaqin kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga qurbonlik go‘shtlari taqsimlab berildi.
  • «Muruvvat karvoni» xayriya tadbirida 200 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan va boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga oziq-ovqat mahsulotlari, nogironligi bor shaxslarga nogironlik aravachalari taqdim qilindi. Tadbirlar doirasida jami 190 million so‘m mablag‘ sarflandi.
  • «Hilol-nashr» nashriyotida chop etilgan 93 million so‘mlik 3000 dona Qur’oni karim kitoblari barcha viloyatlardagi jome masjidlarga hadya qilindi.
  • 14 million so‘mlik diniy kitoblar Navoiy viloyatidagi 15 ta masjidga yetkazildi. Toshkent shahridagi «Suzuk ota» masjidi kutubxonasi uchun 3,7 million so‘mlik diniy kitoblar taqdim etildi.
  • Toshkentdagi Xadichai Kubro o‘rta maxsus ayol-qizlar islom bilim yurtining 10 nafar talaba qizlariga 2-semestr uchun 27 050 000 so‘m o‘quv shartnoma puli to‘lab berildi.
  • «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurtining 5 nafar ehtiyojmand talabasiga 16 250 000 so‘mlik o‘quv-shartnoma puli to‘lab berildi.
  • Buxoro viloyatidagi «Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtiga 30 million so‘mlik 10 dona kompyuter jamlanmasi berildi.
  • Respublika gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan oq qon (leykoz) kasalligi bilan kasallangan bemorlarning 85 nafariga 137 million so‘m yordam pullari berildi.
  • Eshitish va gapirishda nuqsoni bor fuqarolar uchun barcha viloyatlarda juma ma’ruzalarini surdo tarjimalarini namoyish qilish loyihasi bo‘yicha 70 million so‘m mablag‘ ajratildi.
  • Navoiy shahrida homiylar yordamida 7 ta nikoh va 35 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazib berildi. Yosh oilalarga xayriya tariqasida 3 500 000 so‘mlik elektr-texnika jihozlari, sunnat to‘yi o‘tkazilayotgan bolalarga esa velosiped va kiyim-kechaklar yetkazib berildi.
  • Toshkent shahridagi «Oltintepa» mahallasi hududida birinchi «Vaqf-med» dorixonasi tashkil etildi. Savdodan tushgan mablag‘ vaqf mulklarini shakllantirish va xayriya ishlariga yo‘naltirilmoqda.
  • Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida bir kunda 2 ming dona qolipli non ishlab chiqarilmoqda. O‘z navbatida aytish kerakki, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish o‘ziga xos qat’iy talablari bo‘lgani bois, ushbu sharoitlarni hozirlash uchun mazkur sex bir necha kun faoliyat olib bormadi. Shuningdek, ushbu sexga toza ichimlik suvi olib kelish uchun ham bir necha kun sarflandi. Ayni kunlarda sexning faoliyati bir maromda davom etmoqda.
  • Fondga ajratilgan Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan 16 gektar yer maydonida bugungi kunda limon va kungaboqar ekinlari parvarishlanmoqda.
  • 2018 – 2019-yillar davomida ziyoratgohlarni qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish, kommunal to‘lovlarni to‘lash va 750 nafarga yaqin ziyoratgohlarda mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilarning ish haqlari va boshqa xarajatlarga jami 17,1 mlrd. so‘m mablag‘ sarflangan.
  • Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlarining eng olis va chekka hududlarida joylashgan bir necha masjidlarning bunyod etish ishlariga 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ miqdoridagi qurilish materiallari yetkazilgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring