Xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi
DXX va IIO tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ikki holat fosh etildi:
Namangan shahrida konsalting firma rahbari fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 10 ming dollar talab qilgan va 1,5 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Yana bir konsalting firma ish yurituvchisi fuqaroni Latviyaga ishga jo‘natish bahonasida 2 ming dollar olgan paytida qo‘lga olindi.
Har ikki holat bo‘yicha JKning 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi, tergov davom etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter