Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlar ittifoqi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

Yoshlar ittifoqi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Shavkat Zayniddinov Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Sh.Zayniddinov bunga qadar Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Shuningdek, Markaziy Kengash raisining o‘rinbosari lavozimiga Olimov Sherzod Murodullayevich saylandi. Sh.Olimov bungacha Yoshlar ishlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring