Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX xodimiga pora bergan fuqaroga qarshi ish ochildi

YPX xodimiga pora bergan fuqaroga qarshi ish ochildi

Foto: Xabar.uz

Yo‘l patrul xizmati xodimiga 100 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi  «Xabar.uz»ga ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, Qorako‘l tumanida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati xodimi qoidabuzarlik sodir etgan avtomashina haydovchisiga «to‘xtash» ishorasini bergan. Asli Olot tumanilik bo‘lgan 36 yoshli haydovchi Ch.P.ning sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Turli bahonalarni ro‘kach qilishiga qaramasdan, uning avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan. O‘z qoidabuzarligining oqibatlarini to‘liq anglab yetmagan haydovchi qonuniy vazifasini bajargan yo‘l patrul xizmati xodimiga 100 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.

U huquqbuzarlik bilan bayonnoma rasmiylashtirish va avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring