Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX xodimlari DSI boshlig‘i o‘rinbosarini o‘ldirib qo‘yishgani aytilmoqda

YPX xodimlari DSI boshlig‘i o‘rinbosarini o‘ldirib qo‘yishgani aytilmoqda

Foto: «Ezgulik» jamiyati

Shu yilning 10-iyun kuni Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Ahmedov Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlarining zo‘rovonligi tufayli vafot etdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 206-moddasi 1-qismi (Mansab vakolatidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, 10-iyun kuni tungi soat 00.20 larda 42 yoshli soliq xodimi Aziz Ahmedov o‘zining  davlat raqami 30 B 572 PA bo‘lgan Cobalt rusumli avtomobilida  yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sababli navbatchilik qilayotgan to‘rt nafar inspektor tomonidan to‘xtatilgan.

YPX inspektorlari o‘zlarining boshqaruvida bo‘lgan Spark rusumli avtomobilining orqa o‘rindig‘iga soliq xizmatchisining yuz qismidan bosib, uning o‘ziga azob bermasliklarini so‘rab baqirganiga qaramay, uning qisqa va tez o‘limiga sabab bo‘lishgan.

Samarqand viloyati sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, soliq xizmatchisining o‘limiga yurak o‘lchami va massasining keskin oshishi, ya’ni nafas qaytishi sabab bo‘lgan. O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasi davomida soliq inspeksiyasi rahbarining yuz va bo‘yin qismlari, tirsak va boshqa sohalarda jarohatdan olingan shilinmalar borligi aniqlangan.

«Mazkur voqea ichki ishlar idoralarining zo‘rovonlik harakatlari davom etayotgani, tizimda nazorat to‘la izdan chiqqanini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati Qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizmlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili, Inson huquqlari bo‘yicha respublika Milliy markazi rahbariyatini mazkur hodisani o‘rganishga chaqiradi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring