Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman: Jaloliddin Masharipov JChda qatnashmaydi

Rasman: Jaloliddin Masharipov JChda qatnashmaydi

Foto: Uz24

Jaloliddin Masharipov JChda ishtirok etolmasligi rasman e’lon qilindi. Bu haqda O‘FA xabar berdi. 

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi uchrashuv bilan Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi. Vakillarimiz Atlanta shahrida rasmiy mashg‘ulotlarini o‘tkazib, Mexiko shahriga yo‘l oladi. 

Milliy jamoa futbolchisi Jaloliddin Masharipov uzoq muddat o‘yin amaliyotisiz qoldi va mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etolmadi.

Futbolchini tezroq safga qaytarish va tiklash maqsadida tibbiy shtab tomonidan zarur choralar ko‘rildi va individual tayyorgarlik dasturi asosida ish olib borildi. 

O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar tahlili FIFA tibbiy qo‘mitasiga taqdim etildi. Qo‘mita holat yuzasidan o‘rganish olib bordi va futbolchimizning Jahon chempionatida ishtirok etolmasligini ma’lum qildi. Uning o‘rniga yakuniy ro‘yxatga Ruslanbek Jiyanov kiritildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring