Angorda 277 ta soxta haydovchilik guvohnomasi yoqib yuborildi
Surxondaryo viloyatining Angor tumanida jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil sifatida saqlangan 277 ta soxta haydovchilik guvohnomasi yoqib yo‘q qilindi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi xabar qildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining ijro varaqasiga asosan, jinoyat ishi doirasida ashyoviy dalil deb topilgan 277 ta soxta haydovchilik guvohnomasini yo‘q qilish belgilangan.
Sud hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosining Angor tuman bo‘limi tomonidan tegishli ijro harakatlari o‘tkazilgan.
Jarayon davomida sudning ashyoviy dalillarni saqlash xonasida turgan 277 ta qalbaki haydovchilik guvohnomasi belgilangan tartib va xavfsizlik talablariga rioya etilgan holda maxsus qozonxonada yoqish orqali to‘liq yo‘q qilingan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu jinoyat ishi yuzasidan jami 11 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi e’lon qilingan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter