Qarzdorlik sabab korxonaning 9 mlrd so‘mlik binosi auksionda sotildi
Toshkent viloyatida bank oldidagi qarzdorlikni undirish maqsadida korxonaga tegishli garovdagi noturar bino auksion savdosida sotildi.
Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining ijro hujjati asosida «O.B.» korxonasidan BRB bank foydasiga 9 milliard 421 million 840 ming so‘m qarz undirish belgilangan.
Ijro hujjati 2026 yil 24 iyulda byuroga kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Qarzdor korxonaga majburiyatni ixtiyoriy bajarish uchun muddat berilgan. Biroq qarz belgilangan vaqtda qoplanmagani sababli garovga qo‘yilgan noturar bino auksion savdosiga chiqarilgan.
Auksiondan tushgan mablag‘ hisobidan 9 milliard 578 million 732 ming so‘m undirilib, bankka o‘tkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, qarzdorlik to‘liq undirilgan va ijro ishi qonunchilik talablariga muvofiq tamomlangan.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter