Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yetti hududda yangi bemorlar aniqlandi, poytaxtda ikki kishi olamdan o‘tdi

Yetti hududda yangi bemorlar aniqlandi, poytaxtda ikki kishi olamdan o‘tdi

Foto:«Xabar.uz»

2020-yil 14-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 33 561 (+238) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 132 nafari Toshkent shahrida (shundan 105 nafari tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 27 nafari O‘rtasaroy karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida), 35 nafari Samarqand viloyatida, 32 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Namangan viloyatida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, 10 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 6 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 71 yoshli M.O. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 51 yoshli U.P. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 27 213 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (81 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6 130 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1 340 nafari og‘ir, 400 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring