Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab kovidga qarshi vaksinasini shoshilinch chaqirib oladi

AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab kovidga qarshi vaksinasini shoshilinch chaqirib oladi

Foto: Getty Images

AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab Covid-19ga qarshi vaksinasini shoshilinch chaqirib oladi, deya xabar berdi The Telegraph. Bunga vaksinaning qonda tromblar hosil qilishi va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli yon ta’siri sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Vaksinalarni chaqirib olish kecha, seshanbadan kuchga kirgan.

Avvalroq 51 ta oila AstraZenecani sudga berib, kompaniyaning kovidga qarshi vaksinasi ularning yaqinlarining o‘limi va boshqa asoratlarga sabab bo‘lganini da’vo qilgandi.

AstraZeneca garchi da’voga qarshi chiqqan bo‘lsa-da, o‘z vaksinasi yon ta’sirlar, aynan TTS (Thrombosis with thrombocytopenia syndrome) — trombotsitopeniya sindromi trombozini chaqirishi mumkinligiga iqror bo‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring