Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kasallik ko‘rsatkichi ortib bormoqda

Kasallik ko‘rsatkichi ortib bormoqda

2022 yil 24 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240206 (+119) nafarni tashkil etgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Shuningdek, faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan kovid markazlari yana qaytadan ochila boshlangan.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 6 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 3 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 9 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 12 nafari Toshkent viloyatida,
  • 54 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 237857 (+19) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring