Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir o‘tkazgan selektorda Bosh prokuror nimalar dedi?

Bosh vazir o‘tkazgan selektorda Bosh prokuror nimalar dedi?

Foto: «uznews.uz»

Kecha, 28-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarini energoresurslar — gaz va elektr energiya bilan ta’minlashdagi muammolarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Bosh vazir, shuningdek, ayrim hududlar rahbarlari tomonidan qarzdorlikni kamaytirish o‘rniga oshishiga yo‘l qo‘yib berilganini qattiq tanqid qilgandi.

«Xabar.uz» muxbiriga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev gaz va elektr energiya ta’minotidagi talon-torojliklar haqida axborot bergan.

Bosh prokurorning ma’lum qilishicha, joylarda gaz, elektr energiya ta’minoti masalasida muammo ko‘p. Aholini energoresurslar bilan uzluksiz ta’minlashda turli g‘irromliklar ham to‘siq bo‘lmoqda. Keyingi bir haftada 41ta holatda 28 milliard so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangan. Bu borada 240 ta jinoiy ish ochilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring